25

Mazkur holat 2019-yilning 25-aprel kuni Yashnobod tumanidagi maktablardan birida sodir bo‘lgan

Foto: Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati<br>

Foto: Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati

Ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta maktab oʻquvchilari oʻzaro janjallashayotganligi aks etgan videolar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi munosabat bildirdi.

Maʼlum qilinishicha, mazkur holat 2019-yilning 25-aprel kuni Yashnobod tumanidagi maktablardan birida sodir bo‘lgan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan ichki ishlar organlari xodimlari, maktab ma’muriyati va mahalla faollari ishtirokida voyaga yetmagan qizlar va ularning ota-onalari bilan profilaktik suhbat o‘tkazilgan.

Janjalda ishtirok etgan voyaga yetmaganlarning ota-onalari Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasi bilan ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Xabarga koʻra, hozirda ijtimoiy tarmoqlarda yana tarqalayotgan mazkur video aslida 2020-yilning fevral oyida tarqalgan va Toshkent shahar IIBBning rasmiy sahifalarida muqaddam bu janjal haqida ma’lumot berilgan.

Последние новости

Популярные новости

Популярные новости