Foto: Bosh prokuratura
19-oktyabr kuni Tojikiston Bosh prokurori taklifiga binoan O‘zbekiston Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev boshchiligidagi Bosh prokuratura delegasiyasi Tojikistonga tashrif buyurdi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.
Konstruktiv muloqot davomida tomonlar idoralararo munosabatlar, shuningdek ikki davlat chegara oldi hududlari prokuraturalari o‘rtasidagi huquqiy hamkorlik masalalarini muhokama qildilar.
Bosh prokuror N.Yo‘ldoshev o‘zaro manfaatli sheriklikka asoslangan ikki mamlakat prokuratura organlari o‘rtasidagi hamkorlik ijobiy ko'rinishda ekanligini ta’kidlab, 2022-2023 yillarga mo‘jallangan Bosh prokuraturalar o‘rtasidagi hamkorlik dasturini misol tariqasida keltirib o'tdi.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirishni davom ettirishga tayyor ekanligini bildirdilar.